platina.uz
Jamiyat

Fargʻonadan Qirgʻizistonga mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi

Fargʻonadan Qirgʻizistonga mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi
26 yanvardan eʼtiboran «Fargʻona – Quvasoy – Qizil-qiya» xalqaro yoʻnalishida mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Fargʻona va Qirgʻizistonning Batken viloyatidagi Qizil-qiya shahri oʻrtasida amalga oshiriladigan mazkur qatnov ikki chegaradosh viloyat oʻrtasidagi bordi-keldi uchun muhim yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. 2020 yilgacha mavjud boʻlgan mazkur qatnov, pandemiya davri cheklovlarida toʻxtab qolgan edi. Qirgʻiziston tomonidan «Qizil-qiya PATP», Oʻzbekiston tomonidan esa «Daewoo Trans Servis» MChJ xizmat koʻrsatuvchi yoʻnalish umumiy masofasi 39,5 kmni tashkil etib, yoʻlkira narxi 12 ming soʻm etib belgilandi. Mikroavtobuslar Qizil-qiya va Fargʻonadan tongi soat 7:20 da harakat boshlanishi nazarda tutilgan. Kelgusida aholi talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qatnovlarni koʻpaytirish rejalashtirilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid