platina.uz
Tahlil

Bugun kim zoʻr?

Bugun kim zoʻr?

#Mitti_feleton

Bolaligimda onam aytib bergan bir ertak esimdan chiqmaydi. Muzga toyib oyogʻi singan qirgʻovul bir necha narsalar va jonivorlarni: “Sen nedan zoʻrsan?” deya savolga tutadi. Soʻralganlarning bari oʻzidan kuchli narsani aytib, ojizligini tan oladi. Masalan, Azim Suyun sheʼrga solganday:

- Oʻt aka, oʻt aka,

Sen nedin zoʻrsan?

- Vah, men zoʻr boʻsam,

Qoʻyga jemish boʻlarmidim?

Bu yil shu savol berilsa, QAHRATON AKA: “Eh-o, men zoʻrman-da!” deya javob bergan boʻlardi.

     - MEN ZOʻR BOʻLMASAM, gazlar pasayib ketib, odamlar sovuqqa qotarmidi?  Xalq gaz oʻrniga tezak-chalma yoqarmidi?

     - MEN ZOʻR BOʻLMASAM, rahbarlar butun aybni ob-havo injiqligiga yoʻyib, suvdan quruq chiqishga harakat qilarmidi?

      - MEN ZOʻR BOʻLMASAM, yoqilgʻi quyish shoxobchalarida mashinalar navbati 4-5 kilometrga choʻzilib ketarmidi?

 - MEN ZOʻR BOʻLMASAM, yoʻlkiralar ikki baravarga oshib ketarmidi? (Guliston shahar avtobusiga chiqsam, kira haqi 100 foiz oshganligiga guvoh boʻldim. Zero, ular yoʻnalishni tenderda yutganlarida kira haqi qatʼiy belgilab qoʻyiladi. Nega, ular oʻzboshimchalik bilan kira haqini ikki baravar oshirishayapti? Mahalliy hokimlik qayerga qarayapti?)

Qirgʻovul qarasa, QAHRATON zabtiga olayapti. Savol berganiga pushaymon boʻlib, oʻsha joyning oʻzida QAHRATONGA qarab qichqirib yuboribdi:

- EH-O, SEN ZOʻRSAN-DA! EH-O, SEN ZOʻRSAN-DA!

Uzunquloq gaplarga qaraganda, bu muammoni hal qilishga hukumatning koʻzi yetmasligini bilgan QIRGʻOVUL QUYoSh BOBONI IZLAB KETGAN EMISh.

  Muhammadali AHMAD           

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid