platina.uz
Jamiyat

WizzAir Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

WizzAir Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻydi
25 yanvar kuni Vengriyaning WizzAir aviakompaniyasi samolyoti Toshkentga qoʻndi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi. Airbus A321 neo samolyoti Oʻzbekistonga yangi — Abu-Dabi-Toshkent-Abu Dabi parvoz yoʻnalishini ochdi. Ekipaj va yoʻlovchilar terminalda kutib olindi. Qayd etilishicha, toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam reyslar A320/321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Bu yoʻnalishdagi chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi. Biletlar narxi bagajni hisobga olmagan holatda 45 dollardan boʻlib, bunda chipta xaridi uchish sanasidan ancha avvalroq amalga oshirilgani inobatga olingan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid