platina.uz
Jamiyat

Navoiyda Afrosiyob poyezdi qoʻylar podasini urib ketdi

Navoiyda Afrosiyob poyezdi qoʻylar podasini urib ketdi
«Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi» AJ Navoiy viloyatida Afrosiyob poyezdi temiryoʻldan oʻtayotgan qoʻylarni urib yuborgani aks etgan video boʻyicha maʼlumot berdi. 24 yanvar kuni Toshkent-Buxoro yoʻnalishida harakatlanayotgan Afrosiyob poyezdi Malikobod va Qiziltepa (Navoiy viloyati) bekatlari oraligʻida harakatlanayotganda qoʻylar podasidan bir necha bosh hayvonni urib yuborgan. 1000 ga yaqin qoʻy podasi temiryoʻlni notoʻgʻri joyda kesib, himoya panjarasini buzib oʻtgan. Voqea joyidan 300 metr uzoqlikda chorva mollarini haydash uchun maxsus ajratilgan joy mavjud boʻlgan. «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ rahbariyati tomonidan mazkur hudud boʻylab qoʻshimcha panjara (ikki qavatli toʻsiq) oʻrnatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinib, bugungi kunda eski panjaralarni tiklash va qoʻshimcha panjaralarni oʻrnatish ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Hayvonlarning egasi qoidalarni buzgani sababli maʼmuriy jazoga tortilishi maʼlum qilindi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid