platina.uz
Jamiyat

Namangan va Samarqandda tadbirkorlar jami 3 mlrd soʻmga yaqin kredit pulini oʻzlashtirgan

Namangan va Samarqandda tadbirkorlar jami 3 mlrd soʻmga yaqin kredit pulini oʻzlashtirgan
Namangan va Samarqand viloyatlarida korxona rahbarlari imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. Namangan viloyatining Norin tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.P.” MChJ rahbari A.X attraksion jihozlarini olish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit evaziga 228,8 ming AQSh dollarlik jihozlarini sotib olmasdan, kredit mablagʻini “R.I.” xorij kompaniyasi orqali naqdlashtirib olib oʻzlashtirganligi aniqlangan. Shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Z.J.” MChJ rahbari S.B. issiqxona qurish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻi evaziga xarid qilingan 416 mln soʻmlik metall buyumlarini naqd pulga sotib, kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid