platina.uz
Jamiyat

Termiz tumaniga yangi hokim tayinlandi

Termiz tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Termiz tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Urinov Shuxratjon Bekmaxmatovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Nazarov Shuxrat Xudayberdiyevich tasdiqlandi. Shuxrat Nazarov 1968 yil 16 aprelda Shoʻrchi tumanida tugʻilgan. 1991 yil Toshkent xalq xoʻjaligi institutini, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi iqtisodchi, huquqshunos. Sh.Nazarov 2008-2022 yillarda Soliq organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022 yildan buyon Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid