platina.uz
Sport

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorovda ham, Javohir Sindarovda ham durang!

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorovda ham, Javohir Sindarovda ham durang!
Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat boʻyicha nufuzli «Tata Steel Chess» turniri davom etmoqda. Bugun turnirning «Masters» guruhida 10-tur doirasida Nodirbek Abdusattorov dunyo shaxmat reytingida 2-oʻrinni band qilgan xitoylik Ding Liren bilan durang natija qayd etdi. Durang natija qayd etgan Nodirbek Abdusattorov 7 ochko bilan peshqadamligini saqlab qoldi. Niderlandiyalik Anish Giri AQSh grossmeysteri Uesli So bilan durang oʻynadi va 6,5 ochko bilan ikkinchi oʻrinda qoldi. «Chellenjer» guruhida 10-turda Javohir Sindarov (2654) ham durang natija qayd etdi. Hamyurtimiz niderlandiyalik Ervin LAmiga qarshi qora donalarda oʻynab, murosa koʻchasini tanladi. Hozircha Javohir 6,5 ochko bilan turnir jadvalida 3-oʻringa koʻtarilib oldi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid