platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 25 dekabr kuni biroz qor yogʻadi

Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 25 dekabr kuni biroz qor yogʻadi
«Oʻzgidromet» Oʻzbekiston boʻylab 25 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11° sovuq, kunduzi 0-2° iliq boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3° sovuq -2° iliq boʻladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3° sovuq -2° iliq boʻladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, baʼzi joylarda 15-17° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, baʼzi joylarda 5° sovuqqacha boʻladi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi. Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, baʼzi joylarda 15-17° sovuqqacha, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi. Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid