platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston va «Gazprom» oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha «yoʻl xaritasi» imzolandi

Oʻzbekiston va «Gazprom» oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha «yoʻl xaritasi» imzolandi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va «Gazprom» kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha «Yoʻl xaritasi» imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 24 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va «Gazprom» kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi va unda Rossiyadan Oʻzbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyatlari muhokama qilindi. Imzolangan «Yoʻl xarita»ga muvofiq tomonlar oʻrtasida tuzilgan Ishchi guruh Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududidan oʻtuvchi «Oʻrta Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan texnik chora-tadbirlarni va oʻrganish kelishib olindi. Ishchi guruh texnik jihatdan barcha ishlarni yakunlagandan soʻng, tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha asosiy shartlar muhokama qilinadi.
"Shuni alohida taʼkidlash lozimki, olib borilgan muzokaralar hamda «Yoʻl xaritasi»da Oʻzbekiston Respublikasining mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini toʻliq saqlagan holda (boshqaruv huquqini toʻliq saqlagan holda) ichki bozorga tabiiy gaz zarur miqdorlarda yetkazib berish maqsad qilingan. Bunda gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yoʻq. Kelgusida ushbu yoʻnalishdagi barcha ishlar Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini toʻliq himoya qilgan holda amalga oshirilib, natijalari yuzasidan doimiy ravishda jamoatchilikka maʼlum qilib boriladi",  — deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid