platina.uz
Jamiyat

Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi

Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Muzrabot tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Ismailov Abdurashid Hudayarovich tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Abdurashid Ismailov 1977 yil 12 iyulda Boysun tumanida tugʻilgan. 2005 yil Termiz davlat universiteti, 2014 yil Toshkent moliya institutini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi pedagog, byudjet hisobi va nazorat-moliya. A.Ismailov 1996-2022 yillarda ijtimoiy taʼminot, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022 yildan buyon Muzrabot tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid