platina.uz
Jamiyat

Hukumatga boʻysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilandi

Hukumatga boʻysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilandi
Prezidentning «Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni imzolandi. Farmonga muvofiq, vazirlik va idoralarda byudjet va nobyudjet mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birligi qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz). Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari oʻrinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda. Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositasi va 10 ta bino boʻshamoqda. Mazkur chora-tadbirlar natijasida:
  • shtatlar sonini qisqartirish hisobiga 1,5 trillion soʻm;
  • avtotransport vositalari sonini qisqartirish hisobiga (shu jumladan, yoqilgʻi-moylash, shinalarni almashtirish xarajatlari) 70 milliard soʻm byudjet mablagʻlari iqtisod qilinmoqda.
Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafar etib belgilanmoqda. Hukumatga boʻysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilanmoqda (ular tarkibiga kirgan barcha qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar bilan birga jami 69 ta), shu jumladan:
  • vazirliklar – 21 ta;
  • qoʻmitalar – 12 ta, shundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;
  • agentliklar – 25 ta, shundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;
  • inspeksiyalar – 11 ta.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid