platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada erkak homilador ayolini mashinaga solib, yoqib yubordi

Fargʻonada erkak homilador ayolini mashinaga solib, yoqib yubordi
Fargʻonada «Matiz» avtomashinasida yongʻin sodir boʻlib, uning oqibatida avtomashina ichidan ayol jinsiga mansub kuygan holdagi murda aniqlangandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati hodisa tavsilotlarini eʼlon qildi. Maʼlum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat taxminan 19-00 larda fuqaro M.U. “Matiz” rusumli avtomashina boshqaruvida homilador turmush oʻrtogʻi (sharʼiy nikoh asosida) 1987 yilda tugʻilgan M.X.ni shifoxonadan yashash xonadoniga olib ketayotgan vaqtida, turmush oʻrtogʻi uni rashq qilgan holda ogʻzaki janjallashib kelgan. M.U. turmush oʻrtogʻi bilan gaplashib olish maqsadida, avtomashinani Fargʻona shahridagi “Neftchi” stadioni roʻparasida toʻxtatgan. Shu vaqtda, avtomashina orqa oʻrindigʻida oʻtirgan M.X. (ayol) oʻzi bilan uyidan olib chiqqan plastmassa idishdagi “benzin” yoqilgʻisini dastlab turmush oʻrtogʻi M.U.ni, keyinchalik esa oʻzini va avtomashina saloni ichiga sepib, yoqmoqchi boʻlgan. Turmush oʻrtogʻining ushbu harakatidan qoʻrqib ketgan M.U. avtomashinadan tushib, tashqariga qochgan vaqtda M.X. yondirgich (zajigalka) bilan oʻzini va avtomashinani yoqib yuborgan. Chaqiruvga asosan hodisa joyiga yetib kelgan Fargʻona viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan yongʻin tezkorlik bilan oʻchirilib, tez-tibbiy yordam boʻlimi xodimlari tomonidan avtomashina salonida boʻlgan marhuma M.X.ning yongʻin natijasida tugʻilgan oʻgʻil jinsli chaqalogʻini hayoti saqlab qolingan. Biroq, shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloq shifoxonada vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi “b” bandi (Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid