platina.uz
Jamiyat

Faoliyati qoniqarsiz baholangan hokimlar maʼlum boʻldi

Faoliyati qoniqarsiz baholangan hokimlar maʼlum boʻldi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2023 yil uchun rejalar muhokama qilindi. Xususan, Prezidentimiz tadbirkorlik subʼektlarini koʻpaytirish boʻyicha yangi yondashuvlarni joriy qilish zarurligini qayd etdi. Masalan, oʻtgan yili Buxoroda – 8 ta, Namangan, Surxondaryo va Sirdaryoda – 2 tadan, Toshkent viloyatida – 1 ta tumanda yangi tashkil etilgan tadbirkorlar soni 2021 yilga nisbatan 30-40 foizga kamaygan. Eng ogʻir ahvol Andijon, Termiz va Kogon shaharlari, Jalaquduq, Marhamat, Olot, Qorakoʻl, Shofirkon, Mingbuloq va Qibray tumanlarida ekanini qayd etib, Prezident ushbu hududlar hokimlarining bu boradagi faoliyati qoniqarsizligini koʻrsatib oʻtdi. Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birga ikki hafta muddatda ushbu tumanlarga borib, mavjud sharoitlarni oʻrganib, ularning har biri boʻyicha tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish topshirildi. Shuningdek, yangi tizimga koʻra, tumanlar alohida toifalarga ajratildi. Yigʻilishda 4 va 5-toifalarga kirgan ogʻir tumanlar hokimlari oʻz ish uslublari va yondashuvlarini oʻzgartirishi shartligi qayd etildi. Masalan, bugun Surxondaryoning barcha tumanlariga respublikadan tajribali kadrlar hokim qilib qoʻyildi. Shu bilan birga, ushbu tumanlarda kambagʻallikni qisqartirish ishlari ham yangicha tashkil qilinadi. Bunda:
  • birinchi bosqichda “temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” yagona tizimga birlashtirilib, har bir oilaning yagona raqamli pasporti ishlab chiqiladi;
  • ikkinchi bosqichda har bir oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual dasturlar tuziladi;
  • uchinchi bosqichda oila uchun kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlik loyihasi amalga oshiriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid