platina.uz
Sport

Boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar jamoasi Osiyo chempionatida birinchi oʻrinni egalladi

Boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar jamoasi Osiyo chempionatida birinchi oʻrinni egalladi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasida Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetib bormoqda. Bugun, 25 yanvar kuni musobaqa doirasida qizlar oʻrtasida final bahslari boʻlib oʻtdi. Final bahsida 8 nafar bokschimiz ringga koʻtarildi. Ularning besh nafari gʻalaba qozonib, oltin medalga sazovor boʻldi. Uch bokschimiz finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan yurtimizga qaytadi. Yana ikki nafar bokschimiz bronza medalini qoʻlga kiritgandi. Shu tariqa, oʻzbekistonlik qizlar boks boʻyicha umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi. Osiyo chempionati-U22da quyidagi bokschilarimiz sovrindor boʻlishdi: Oltin medal:  -48 kg: Farzona Fozilova -50 kg: Sabina Boboqulova -52 kg: Feruza Kazakova -54 kg: Nigina Oʻktamova -66 kg: Navbahor Hamidova Kumush medal:  -57 kg: Sitora Turdibekova -70 kg: Aziza Zokirova -75 kg: Sohiba Roʻzmetova Bronza medal:  -63 kg: Ziyoda Yarasheva -81 kg: Sahobat Husanova Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston ayollar jamoasi musobaqaga 11 nafar bokschi bilan yoʻl olgandi. Yigitlar oʻrtasida final bahslari ertaga, 26 yanvar kuni oʻtkaziladi va unda 10 nafar bokschimiz finalda ringga koʻtariladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid