platina.uz
Jamiyat

Angor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Angor tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Angor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abdullayev Shohjahon Bekmuratovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Mardonov Qosim Esonovich tasdiqlandi. Qosim Mardonov 1975 yil 24 noyabrda Termiz tumanida tugʻilgan. 1997 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi iqtisodchi. Q.Mardonov 2007-2020 yillarda Moliya boshqarmasi, mahalliy hokimliklar hamda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2020 yildan buyon Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyatining Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid