platina.uz
Jamiyat

Andijonda “Seftriakson” sabab besh yoshli qizaloq vafot etdimi?

Andijonda “Seftriakson” sabab besh yoshli qizaloq vafot etdimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyat Baliqchi tumanida “Seftriakson” dori vositasi yuborilishidan soʻng besh yoshli qizaloq bevaqt vafot etganligi haqida ayanchli xabar paydo boʻldi. Holat boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazildi: 2022 yil 9 dekabr kuni Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli qabulxona boʻlimiga soat 16:30da 2018 yilda tugʻilgan U.M ota-onasi hamrohligida olib kelingan. Qabulxona shifokori tomonidan koʻrilganda holati oʻrtacha ogʻir, tana harorati koʻtarilmagan, bemorda “Oʻtkir respirator virusli infeksiyasi, asorati oʻtkir bronxit” xulosasini qoʻygan va ota-onasiga bemorni yuqumli kasalliklar shifoxonasida yoki oilaviy shifokorlik punktida oilaviy shifokori nazoratida davolanishini tavsiya bergan. Shifokor Medipim(sefalosporin) 500mg + novokain 0,5% - 5,0 ml sinama bilan 2 maxal 7 kun; Deksametazon 1,0 m/o ga 1 maxal 5 kun; Ambratsol 1 tadan 3 maxal 5 kun; Lorotal ½ tab 1 maxal tavsiya qilgan 2 kun, doimiy shifokor nazoratini tavsiya etgan. Bemorni ota-onasi bolani yuqumli kasalliklar boʻlimiga olib borgan, navbatchi hamshira Z.Raximova muolajani boshlamoqchi boʻlib, inʼeksiyalarni tayyorlayotgan davrda “Medipim” dori vositasi yoʻqligini aytgan, shunda bemorning onasi “seftraksion” dorisini olib kelgan, hamshira “belgilangan tartib rioya qilmasdan, shifokor tavsiyasi almashganidan xabardor boʻlgan, holda doriga allergiya sinamasini qoʻymagan, Vitamin “S”(asidi ascorbini) 5%-2,0 tomir ichiga qilgan, Deksametazon 1,0 bir tomoniga, ikkinchi tomoniga Seftraksion 1,0 muskul ichiga yuborgan, bir daqiqa oʻtmay bola qusgan va koʻkarib ketganligi sababli, bola “shoshilinch tibbiy yordam” boʻlimiga olib oʻtilgan, harakatlar befoyda boʻlib, vafot etgan. Oʻlimga olib kelgan asosiy gumon ”Seftriakson”-dori vositasiga allergiya boʻlishi mumkin, aniq javobni Sud aniqlaydi. Barcha holatlar, shuningdek hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi, surishtiruv-tergov haraqatlari boshlangan, Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻining 2023 yil 16 yanvardagi 35-1-18-TV/2023-sonli buyrugʻiga asosan hamshira R.Z. ishdan chetlatilgan. Albatta hamshiraning harakatlarida yomon niyati boʻlmagan, ammo aybdorlik darajasi sud qarori asosida xulosa qilinadi, shuningdek “Seftriakson” dori vositasining yaroqliligi, sifatini tekshirish, dori sotilgan aptekadagi “Seftriakson” dorilarini tarkibini tekshirish tugaguncha savdodan toʻxtatib turish tavsiya etilgan. Baliqchi tumanida yashovchi bemorning onasi F. bilan suxbat oʻtkazilganida, koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay bolaning yurak urushi tiklanmaganligini, bola vafot etganligini, ushbu baxtsiz voqeada biror insonni ayblab, shikoyat qilish niyati yoʻqligini bildirgan. Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid