platina.uz
Jamiyat

Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan bojxona ishlarida hamkorlik qilinadi

Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan bojxona ishlarida hamkorlik qilinadi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati oʻrtasida bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi. Mazkur bitim 2022 yil 17 avgust kuni Jidda shahrida imzolangan. Bojxona qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid