platina.uz
Jamiyat

Saida Mirziyoyeva: "Bir joyda qotib turaveramiz, agar..."

Saida Mirziyoyeva: "Bir joyda qotib turaveramiz, agar..."
Soʻnggi vaqtlarda keng jamoatchilik tomonidan oiladagi zoʻravonlik va uning asosiy jabrdiydalari ayollar, bolalar boʻlib qolayotgani koʻp va xoʻp muhokama qilinmoqda. Bu borada faol jamoatchilik vakillari oʻz takliflarini bildirib  kelmoqda . Bugun Senatda NNT, davlat idoralari va faollar ishtirokida oiladagi zoʻravonlik toʻgʻrisidagi qonunning jamoatchilik muhokamasi oʻtkaziladi. Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻʼba mudiri bu borada qisqacha oʻz fikrini bildirdi:
Oiladagi zoʻravonlik uchun jinoiy jazo tayinlamagunicha, ushbu jinoyatga davlatning munosabati Jinoyat kodeksida aniq aks etmagunicha, bir joyda qotib turaveramiz. Busiz boshqa hech nima yordam berolmaydi, yuzaki choralar ham, eng ilgʻor gender loyihalari ham, quruq gap bilan tarbiyalashga urinishlar ham. Oldin ayollar oldidagi masʼuliyatni belgilagan holda, ularni himoyalovchi Qonun joriy etilishi zarur. Qolgani keyin boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid