platina.uz
Jamiyat

Poytaxtda xonadon ijarasi narxlari qanday?

Poytaxtda xonadon ijarasi narxlari qanday?
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari dekabr oyida Toshkent shahrida xonadonlar uchun taklif etilayotgan ijara narxlaridagi oʻzgarishlar tahlilini Platina.uz ga taqdim etdi. Natijalar xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxi noyabr oyidagiga nisbatan oshgani, lekin oshish surʼati sekinlashganini koʻrsatdi. Xususan, noyabrda narxlar oktabr oyidagiga qaraganda 4,4% ga tushgan, ammo dekabrda 3,5% ga oshgan. Narxlar Shayxontohur (10,6%), Mirobod (3,5%), Yunusobod (3,3%), tumanlarida oshgan. Boshqa tumanlarda esa pasayish kuzatilgan. "Oybek", "Toshkent", "Minor", "Buyuk ipak yoʻli" metro bekatlari atrofida va Nukus koʻchasi boʻylab joylashgan, yaxshi taʼmirlangan xonadonlar uchun 1000 AQSh dollaridan yuqori ijara narxlari taklif qilinmoqda. Chilonzor va Yunusobod tumanlarida ijara narxlari nisbatan pastroq, aniqrogʻi taʼmirlangan xonadonlar uchun asosan 400-600 AQSh dollari atrofida ijara narxlari taklif etilmoqda. Oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar taklifi nisbatan kamroq boʻlib, ular asosan Chilonzor va Yunusobod tumanlarida, shuningdek, Mirzo Ulugʻbek shoh koʻchasi boʻylab taklif etilmoqda. Bu yerdagi xonadonlarning ijara narxi asosan 300-800 AQSh dollarini tashkil etadi. Taʼkidlash kerakki, ijaraga beriladigan qimmat segmentdagi xonadonlar odatda vaqtinchalik ishlash maqsadida kelayotgan chet el fuqarolariga taklif etilayapti va ular qulay infratuzilmaga ega, transport qatnovi yaxshi va oziq-ovqat doʻkonlari yaqin boʻlgan hududlarda joylashgan. Nisbatan arzon segmentdagi xonadonlarning koʻp emasligi va asosan ikkita tumanda taklif etilayotgani ijara bozorini rivojlantirish zarurati borligini yana bir bor koʻrsatadi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid