platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishning ahamiyatini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishning ahamiyatini qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishida ishtirok etgan Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi. Suhbat avvalida Ozarbayjon tashqi siyosiy idorasi rahbari Oʻzbekiston yetakchisiga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi. Oʻzbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi. Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzaro savdoning oshib borayotgani, avtomobillar ishlab chiqarish, paxta-toʻqimachilik va ipakchilik klasterlarini tashkil etish borasidagi kooperatsiya loyihalarining borishi mamnuniyat bilan qayd etildi. Bundan tashqari, neft-gaz va kimyo sanoati boʻyicha yirik loyihalar ishlab chiqilmoqda. Qoʻshma investitsiya fondi tashkil etilmoqda. Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti, Qoʻshilmaslik harakati, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid