platina.uz
Jamiyat

Feldsherni kaltaklagan fuqaroga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi 

Feldsherni kaltaklagan fuqaroga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi 
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida chaqiruv asosida kelgan «Tez yordam» xodimiga xonadon egasi tomonidan jarohat yetkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi  rasmiy maʼlumot berdi Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 22 yanvar kuni soat taxminan 16:20 larda Toshkent tumani tez tibbiy yordam boʻlimiga Qoraboʻriq mahallasidan chaqiriq kelib tushgan. Shundan soʻng soat 16:30larda TTYo brigadasining erkak xodimlari — shifokor M.M. va feldsher U.U. belgilangan manzilga yetib borgan. Xonadondagi muzlamada yiqilib, chap qoʻl suyagi yopiq sinishi jarohatini olgan bemor ayolga «103» brigadasi tomonidan darhol birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Shu vaqtda uning 1999 yilda tugʻilgan oʻgʻli Oʻ.A. xonadonga kirib kelib,  tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini haqorat qilgan. Shunga qaramay, tibbiyot xodimlari  bemorni shifoxonaga olib borgan vaqtda ayolning oʻgʻli kelib,  feldsher — 1993 yilda tugʻilgan U.U.ni kaltaklab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabr koʻrgan «Tez yordam» xodimi Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasiga olib borilgan. Tekshiruvlar natijasida u «Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, oʻng tomon yonoq sohasi koʻkargan jarohati, oʻng tomonlama yonoq sohasi va periorbital sohaning teriosti gematomasi» tashxisi bilan shoshilinch neyroxirurgiya boʻlimiga yotqizilgan. Hozir bemor belgilangan standartlar asosida tibbiy muolajalarni olmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holatni oʻz nazoratiga olgan.  Hozirda 24 yoshli fuqaro Oʻ.A. ichki ishlar organlari tomonidan protsessual tartibda ushlangan, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid