platina.uz
Jahon

Fargʻonada bir xonadondan  1400 dan ortiq kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari topildi

Fargʻonada bir xonadondan  1400 dan ortiq kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari topildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʻjaobod tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.B. va boshqalar, 240 dona “Tropikamid”, 2,1 ming dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaro F.T.ga 28 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi, Departament hamda DXXning Fargʻona tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.A. dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, fuqaro O.A.ga 1 980 dona “GULSEF-SB” nomli dori vositasini 28,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 22 dona “Ferasoft-S” va 5 dona “Ferrac” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Shuningdek, X.A.ning xonadonidan jami 1 470 dona “Mikonid”, “FerroZinc”, “Immuzinc” hamda yaroqlilik muddati oʻtgan 434 dona “HINDCEF-SB”, “BAZOTsID” va “LikoMast” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid