“Biz sogʻligimizni davlat va hukumatga ishonsak boʻladimi?”

Siftraksion preparati keng taʼsir doirasiga ega boʻlgan antibiotiklarning 3-avlodiga mansub boʻlib, bakterial infeksiyalarni davolashda qoʻllaniladi. Ushbu preparati shamollash, gripp va boshqa virusli infeksiyalarni davolashda taʼsir koʻrsatmaydi. Ammo yurtdoshlarimiz eʼtibor qaratishi kerakki, siftraksion shifokor retsepti asosida beriladi va shifokor nazorati ostida qoʻllaniladigan preparatdir. Kuchli infeksion kasalliklarda statsionar sharoitda qoʻllaniladi. Uy sharoitida mutlaqo qoʻllash mumkin emas. Oʻzbekiston hududida davlat roʻyxatidan oʻtgan tarkibida siftraksion saqlovchi barcha preparatlar oʻrnatilgan tartibda laborator tekshiruvdan oʻtadi va sertifikatsiya beriladi. Bu masalad yurtdoshlarimizning xavotirga tushishlariga oʻrin yoʻq. Ammo yurtimizda aynan dori preparatlarining noqonuniy sotilishi ortidan ogʻriqli holatlar borligini inkor etib boʻlmaydi. Masalan, 2021 yilning noyabr oiyda Angrenda «Seftriakson» dori vositasi sabab vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Sogʻliq saqlash vazirligi esa mazkur holat boʻyicha bergan izohida bemor qizning oʻlimiga Seftriakson dori vositasi inʼeksiyasi sabab boʻlgan boʻlishi mumkinligini bildirgan.Bu holatlar yana bir qator savollarga sabab boʻlishi shubhasiz. Yaʼni oʻzi dori vositasining Oʻzbekistonga kirib kelish tartibi qanday? Bitta dori vosita namunasi standart tekshiruvidan oʻtsa, keyin kirib kelayotganlari tekshiruvdan oʻtkazilmasdan realizatsiya qilinaveradimi yoki? Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi matbuot kotibi Qizlarxon Begmatovaning taqdim etgan maʼlumotlariga koʻra, dori vositasi Oʻzbekiston bozoriga kirib kelishidan oldin davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Buning uchun ushbu dori vositasi namunalari laboratoriya sinovlari, zarur hollarda esa klinik sinovlardan va 5 moduldan iborat roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari esa tegishli va xolis ekspertlar tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi. Zarur hollarda ishlab chiqarish sharoitlari ham inspektorlar tomonidan oʻrganiladi. Va sanab oʻtilgan ekspertizaning ijobiy natijalariga binoan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va muddati 5 yil boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi beriladi. “Dok-1 Maks preparati mashmashasidan keyin aholini xavotirgan solgan yana bir savol shu boʻldiki, bitta dori vosita namunasi standart tekshiruvidan oʻtsa, keyin kirib kelayotganlari tekshiruvdan oʻtkazilmasdan realizatsiya qilinaveradimi yoki?” degan soʻrovimizga esa dori vositasining har bir seriyasi bozorga kirishidan oldin laboratoriya sinovlaridan oʻtkaziladi dedi Agentlik matbuot kotibi. – Soʻnggi voqealarga qadar “Dok-1 Maks” dori vositasining biror nojoʻya taʼsiri kuzatilmaganmidi?
“Dok-1 Maks” dori vositasi 2012 yildan beri Oʻzbekiston tibbiyot amaliyotida qoʻllanilib, jiddiy nojoʻya taʼsirlar berganligi haqida agentlik huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi”ga murojaat kelib tushmagan. Yaʼni, shu paytgacha taʼsir etuvchi moddalar va qoʻshimcha moddalarning organizmga salbiy taʼsiri aniqlanmagan. Lekin, ming afsuski, bu haqida signal kelib tushganidan keyin, dori vositasining barcha seriyalari laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazildi. Bunda nafaqat taʼsir etuvchi moddalar, balki uning tarkibidagi qoʻshimcha moddalar ham oʻrganildi. Va natijada dori vositasi tarkibidagi qoʻshimcha moddalardan birining oʻzgarganligi aniqlandi.– Ishlab chiqaruvchi kompaniya dori vositasining tarkibi oʻzgarganda bu haqida tegishli organlarni ogohlantirishi zarurmi?
Xalqaro normalar va Oʻzbekiston qonunchiligiga binoan ishlab chiqaruvchi davlat markaziga dori vositasi tarkibidagi har qanday, hattoki kichik oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar haqida maʼlumot berishi zarur. Bunda kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimcha odam organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan hollarda ushbu qoʻshimcha va oʻzgartirish rad etiladi. Ming afsuski, ishlab chiqaruvchi tomonidan davlat markaziga bunday maʼlumot taqdim etilmagan.Shuningdek, aynan “Dok-1 maks” boʻyicha Platina.uz ni quyidagi savollarning javoblari qiziqtirdi:
Biroq Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi matbuot kotibi tomonidan ushbu masalaga masʼul boʻlganlar hozirgi vaqtda “Dok-1 Maks” ishi boʻyicha tergovga jalb qilingani sababli bu savollarga ayni paytda izoh berish imkonsizligini bildirdi...
- Ushbu ogʻriqli holat boʻyicha sohaga begona boʻlmagan professorlar, shifokorlar oʻz munosabatlarini bildirib chiqishdi. Xususan, professor Zarifboy Ibodullayev bilan tayyorlagan intervyumizda respondentimiz soha vakili sifatida dori sanoatidagi qator korrupsion holatlarni sanab oʻtdi. Masalan, dorilarni laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazishda litsenziya berishdagi holatlar... Bunga qanday izoh bor?
- Oʻrganishlar natijasida aynan “Dok-1 maks” preparati tarkibida umuman tibbiyotda, farmokologiyada ishlatilmaydigan kimyoviy moddalar qoʻllanilgan boʻlib chiqdi, bu nimadan dalolat? Tizim masʼullarining masalaga “tanish-bilish” yondashuvimi, sohani yaxshi bilmasligimi yoki bunday nazoratni oʻtkazishda laboratoriya jihozlari boʻyicha muammo borligimi?
