platina.uz
Jamiyat

Rossiyada oʻzbekistonlik erkak balandlikdan qulab tushishi oqibatida vafot etdi

Rossiyada oʻzbekistonlik erkak balandlikdan qulab tushishi oqibatida vafot etdi
Rossiyaning Mali Karlino qishlogʻidagi korxonada oʻzbekistonlik ishchi vafot etdi. Bu haqda «LenTV24» xabar berdi. Xabarda aytilishicha, Lomonosovskiy tumanidagi navbatchilik boʻlimiga Maloye Karlino qishlogʻida erkak kishi katta balandlikdan qulagani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari 44 yoshli Oʻzbekiston fuqarosining jasadini topib olgan. U yopishqoq lenta zavodida ishchi edi. Yiqilish vaqtida marhum 13 metr balandlikda tom yopish ishlarini bajarayotgan edi. Hozirda hodisa sabablari va sharoitlari oʻrganilmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari oʻzbekistonlik ishchi ishlatgan xavfsizlik kamarini olib qoʻyishdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid