platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistondagi 700 dan oshiq maktabda 3-chorak onlayn shaklda boshlandi

Oʻzbekistondagi 700 dan oshiq maktabda 3-chorak onlayn shaklda boshlandi
23 yanvardan respublikadagi barcha taʼlim muassasalarida darslar boshlab yuborildi. Hozirda 10 ming 104 ta maktabdan 9 ming 387 tasida oʻquv jarayonlari anʼanaviy, 717 tasida esa onlayn shaklda olib borilmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga koʻra, sinf xonalarda havo haroratini meʼyor darajasida saqlash imkoniyati boʻlmagani uchun ayrim maktablarda darslar vaqtincha masofaviy shaklga koʻchirilgan. Vazirlik xabariga koʻra «Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar, hududiy hokimliklar, kommunal xizmati tashkilotlari bilan birgalikda taʼlim muassasalarida oʻqish jarayonlarini tashkil etish yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrib, masofaviy taʼlim shaklida boʻlgan maktablar ham bosqichma-bosqich anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi»
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid