platina.uz
Sport

Oʻn nafar oʻzbekistonlik bokschi Osiyo chempionati finaliga chiqdi

Oʻn nafar oʻzbekistonlik bokschi Osiyo chempionati finaliga chiqdi
Bangkokda oʻtayotgan boks boʻyicha U-22 Osiyo chempionati Oʻzbekiston terma jamoasi uchun ajoyib natijalarga boy boʻlmoqda. Bugun yigitlar oʻrtasidagi yarim final janglari yakuniga yetdi. Ahamiyatlisi, unda ringga koʻtarilgan 11 vakilimizdan 10 nafari oʻz jangini muvaffaqiyatli oʻtkazib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi eng koʻp final yoʻllanmasiga boʻlgan jamoaga aylandi. Bugungi natijalar: -48 kg: Shodiyor Meliqoʻziyev — Lester Durens (Filippin) 5:0 -51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov — Tanarat Sayengpet (Tailand) 0:5 -60 kg: Dilshod Abdumurodov — Fido Rafayel (Indoneziya) 5:0 -63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev — Askat Kultayev (Qirgʻiziston) 3:2 -67 kg: Bekzod Hamidov — Ixtiyor Nishonov (Qirgʻiziston) 4:1 -71 kg: Nurislom Ismoilov — Nuradin Rustambek Uulu (Qirgʻiziston) 5:0 -75 kg: Aʼloxon Abdullayev — Abdumalik Boltayev (Tojikiston) 5:0 -80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev — Yerasil Jakpekov (Qozogʻiston) 4:1 -86 kg: Shohjahon Abdullayev — Nursultan Bolotbayev (Qozogʻiston) 1-raundda nokaut gʻalaba -92 kg: Nusrat Tohirov — Yerxat Bekzat (Qozogʻiston) 5:0 +92 kg: Jahongir Zokirov — Amanat Sabirgali (Qozogʻiston) 5:0
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid