platina.uz
Jamiyat

Endi nikohlanuvchilarni OIV boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayoni elektronlashtiriladi

Endi nikohlanuvchilarni OIV boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayoni elektronlashtiriladi
“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq: nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi boʻyicha majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonini elektron tizim orqali amalga oshirish yoʻlga qoʻyiladi; 2023 yil 1 iyungacha Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida; 2023 yil yakunigacha boshqa hududlarda FHDYo organlari va tegishli tibbiyot muassasalari oʻrtasida elektron hamkorlik tashkil qilinadi. 2023 yil yakunigacha OIV infeksiyasi aniqlangan holatlar monitoringini taʼminlash, real vaqt rejimida preparatlar va diagnostikumlarning harakatlanishini kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimi yaratiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid