platina.uz
Jamiyat

Toshkentda Tracker toʻxtab turgan avtobusga borib urilib, yonib ketdi

Toshkentda Tracker toʻxtab turgan avtobusga borib urilib, yonib ketdi
Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanida Tracker toʻxtab turgan avtobusga borib urilib, yonib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 22 yanvarga oʻtar kechasi taxminan soat 00.40 larda Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 4-sonli avtokorxona qarshisida haydovchi 1998 yilda tugʻilgan A.T. boshqaruvidagi Tracker rusumli davlat raqami 01 D 467 SB boʻlgan avtomobilda tezlikni oshirib harakatlangan. Natijada rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetida harakatsiz turgan Isuzu rusumli avtobus bilan toʻqnashuv sodir etgan. Toʻqnashuvdan soʻng Tracker avtomobilining old qismida yongʻin chiqqan. YTH natijasida Tracker avtomobilidagi yoʻlovchilar: 1992 y.t. D.U., 1992 y.t. M.P., 1998 y.t. S.A.lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid