Toshkent viloyatida 3 ta issiqxona noqonuniy foydalanayotgani aniqlandi

Xususan:
- Turkiston hududi, «Turobod» mahallasida fuqaro Z.Aripovga qarashli issiqxonada 1 dona nostandart (qoʻlbola) isitish qozonini gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingan. Yetkazilgan zarar miqdori 32,8 mln soʻm (32,8 ming m3);
- Chigʻatoy-Oqtepa hududi, «Boʻston» mahallasida fuqaro I.Fozilovga qarashli issiqxona 1 dona nostandart (qoʻlbola) isitish qozonini gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi. Yetkazilgan zarar miqdori 30,7 mln soʻm (30,7 ming m3);
- Yuqoridagi manzilda ushbu fuqaro I.Fozilovga qarashli ikkinchi issiqxonada 1 dona nostandart (qoʻlbola) isitish qozoni gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 24,1 mln soʻm (24,1 ming m3 )ni tashkil etdi.
