platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda avtomobil ehtiyot qismlari sotiladigan doʻkonda yongʻin sodir boʻldi

Surxondaryoda avtomobil ehtiyot qismlari sotiladigan doʻkonda yongʻin sodir boʻldi
Surxondaryoning Jarqoʻrgʻon tumanida avtomobil ehtiyot qismlari sotiladigan doʻkonda yongʻin yuz berdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 22 yanvar kuni soat 06:00da Jarqoʻrgʻon tumani, “Yangiobod ” MFY, Mahtumquli koʻchasida joylashgan YaTT T.Rning avtomobil ehtiyot qismlari savo doʻkonining 65 kv.m shift qismi va ichidagi mahsulotlari yongan. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari soat 06:07 voqea joyiga yetib borib, yongʻinni soat 07:40 da oʻchirgan. Tan jarohati olganlar yoʻq. Yongʻindan savdo doʻkonning 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid