platina.uz
Jamiyat

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYoga borish shart emas

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYoga borish shart emas
2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYo boʻlimlarida qayd etish tartibi joriy etilgan. Endilikda bola tugʻilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi maʼlumotlarni, jumladan, bola roʻyxatga qoʻyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʻlimi, navbatga qoʻyiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYo boʻlimiga axborot tizimi orqali yuboradi. FHDYo boʻlimi tugʻilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi. Tibbiyot muassasalari maʼlumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi. Ushbu maʼlumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi. Tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYo boʻlimlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi. Otalik belgilash va yolgʻiz ona arizasiga asosan tugʻilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilishini qayd etishda bevosita FHDYo boʻlimiga murojaat qilinishi lozim. Maʼlumot uchun: mazkur tartib 2023 yil 1 iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid