platina.uz
Jamiyat

Singapurning taʼlim tajribasi tatbiq etiladi

Singapurning taʼlim tajribasi tatbiq etiladi
Toshkent shahar hokimligida hokim oʻrinbosari Durdona Rahimova Singapurning “SixClouds Pte Ltd” kompaniyasi yetakchi ekspert mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi mutasaddilari, taʼlimda xalqaro dasturlashni amalga oshiruvchi kordinatorlar, xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislar ishtirok etishdi. Muloqot davomida keyingi paytda mamlakatimizda taʼlimga davlat siyosati darajasida alohida eʼtibor berilayotganligi, xususan, joriy yil ham «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili» deb nomlanganligi taʼkidlandi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 16-17 yanvar kunlari Singapurga rasmiy tashrifi doirasida jahonning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan Singapur milliy universiteti huzuridagi Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi faoliyati bilan batafsil tanishganligi va uning rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar oʻtkazganligi qayd etildi. Uchrashuvda umumtamʼlim muassasalari oʻqituvchilari va direktorlarining malakasini oshirish, yangi metodikalarga asoslangan uslublarni oʻrgatish, kollaboratsiya, tanqidiy va tahliliy fikrlar boʻyicha ishlar olib borish, pedogog xodimlarning ijodiy yondashuv va sifatli taʼlim berishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, oʻqituvchilarning oʻz ustida ishlashi, ishchanlik qobiliyati va ish samaradorligini oshirish mezonlari ham atroflicha muhokama qilindi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid