platina.uz
Jamiyat

Samarqandda kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

Samarqandda kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida 28 kunlik kelin-kuyov gazdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda kecha, 20 yanvar kuni inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi. Tashanovning taʼkidlashicha, tuman gaz idorasi aza boshlanmasidan avval xonadon egalarini texnika xavfsizligiga rioya qilmaslikda ayblab, dalolatnoma toʻldirib ketgan. Maʼlum boʻlishicha, tun yarmida gaz tarmoqdan uzilgan va qayta yoqilgan. Oqibatda, xonaga gaz sizib chiqqan va uyquda boʻlgan kelin-kuyov zaharlangan. Ular ertalab xonadonida oʻlik holda topilgan. Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, kelin-kuyovning ota-onasi va yaqinlari jasadni koʻmib yuborgan va bu toʻgʻrisida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bermagan. Hozirda Samarqand viloyat prokuraturasi hodisa yuzasidan tekshiruv olib boryapti.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid