platina.uz
Sport

Ronaldu sobiq klubini sudga bermoqchi

Ronaldu sobiq klubini sudga bermoqchi
Saudiyaning "An-Nasr" klubi yulduzi Krishtianu Ronaldu sobiq jamoasi "Yuventus"ni sudga berishga tayyor. Maʼlum boʻlishicha, turinliklar unga maxfiu kelishuv boʻyicha vaʼda qilingan 19,9 million yevro miqdoridagi summani toʻlagani yoʻq. Tomonlar oʻrtasidagi yashirin bitim hujjatlari 2022 yilning 23 mart sanasida advokat Federiko Restanoning ofisidan topilgan edi. Unda Krishtianu Turindan ketgan taqdirda ham "keksa senora" uning hisobiga kattagina mablagʻ oʻtkazib berishi koʻzda tutilgan. Portugaliyalik hujumchi 2018 yilning yozida "Yuventus" tarkibiga borib qoʻshilgandi. Shundan soʻng u turinliklar libosida 134 oʻyinda maydonga tushib, oʻz hisobiga 101 gol va 22 assistni yozdirib qoʻyishga muvaffaq boʻlgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid