platina.uz
Jamiyat

Markaziy poliklinikalar tarkibida ftiziopulmonologiya boʻlimlari tashkil etiladi

Markaziy poliklinikalar tarkibida ftiziopulmonologiya boʻlimlari tashkil etiladi
“2023–2026 yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–12-son, 20.01.2023 y.) qabul qilindi Qarorga koʻra: tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar tarkibidagi ftiziatriya boʻlimlari va xonalari negizida ftiziopulmonologiya boʻlimlari tashkil etiladi; viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlaridagi bosh pulmonolog shtatlari hududdagi ftiziatriya va pulmonologiya markazlariga oʻtkaziladi; tungi uyqu sifati va nafas olish funksiyasi buzilishlarini tashxislash va davolash maqsadida “Uyqu apnoe” markazlari tashkil qilinadi. 2023 yildan har yili: ▫️latent tuberkulyoz infeksiyasiga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha; ▫️latent tuberkulyoz infeksiyasiga chalingan shaxslarni davolash qamrovi 21 ming nafargacha; ▫️tuberkulyoz mikobakteriyasini bir vaqtning oʻzida 1- va 2-qator tuberkulyozga qarshi dori vositalariga rezistentlikni aniqlaydigan tezkor gen-molekulyar tashxislash qamrovi 120 ming nafargacha; ▫️tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni dori vositalari bilan taʼminlash 18 ming nafargacha yetkaziladi. 2023 yil 1 martgacha: tuberkulyoz bilan kasallanishga moyilligi boʻlgan xavf guruhiga mansub shaxslar roʻyxati tuziladi; Ftiziatriya kasalliklarining yagona elektron reyestri ishlab chiqiladi. “Oʻpka salomatligi” mobil brigadasi doirasida olis, chekka, ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi aholiga bepul tibbiy koʻrik doirasida skrining tadbirlari oʻtkaziladi. Qarorga koʻra, tanlov asosida saralab olingan 40 nafargacha ftiziatr va pulmonologlar 2023–2026 yillarda xorijiy tibbiyot markazlarida malaka oshirishga yuboriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid