platina.uz
Jamiyat

DXX Namanganda narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi

DXX Namanganda narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi
«Toshkent – Namangan» yoʻnalishida harakatlanayotgan «Cobalt» mashinasi Pop tumanida tekshirilganida, uning yukxonasida 1 kg 874 gr «opiy» moddasi borligi va u mashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaroga tegishli ekani maʼlum boʻldi. DXX Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat IIB hamda bojxona boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, ushbu modda Toshkent viloyati Bekobod tumaniga Tojikistondan uchinchi shaxslar orqali oʻtkazilgan. Shuningdek, «Namangan – Toshkent» yoʻnalishida harakatlanayotgan «Lacetti» avtomobili ham Pop tumanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, 901 gr «opiy» moddasi borligi va u mashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan shaxsga tegishli ekani maʼlum boʻldi. Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda Namangan viloyatiga uchinchi shaxslar orqali Qirgʻizistondan oʻtkazilgan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid