platina.uz
Jahon

Dunyoda mpox virusini yuqtirganlar soni 84 mingdan oshdi

Dunyoda mpox virusini yuqtirganlar soni 84 mingdan oshdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, oʻtgan yil 1 yanvardan shu kungacha dunyo boʻyicha 84,7 mingdan ortiq kishi mpox (maymun chechagi) virusini yuqtirgan. Jumladan, birgina oʻtgan haftaning oʻzida bemorlar soni 302 nafarga koʻpaygan. Shunga qaramay, bu — joriy yil yanvar oyining ilk haftasiga nisbatan 44 ta kam koʻrsatkich. Xastalik oʻtgan bir yildan ziyod davrda Yer yuzining 110 ta davlatida tarqalib ulgurdi. Eng achinarlisi, infeksiyaga chalingan bemorlardan 80 nafari kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumdi. Eng koʻp bemorlar roʻyxatga olingan mamlakatlar: AQSh — 29,8 ming, Braziliya — 10,6 ming, Ispaniya — 7,5 ming, Fransiya — 4,1 ming, Kolumbiya — 4 ming nafar. Tahlillarga koʻra, mpox bilan kasallanganlarning 96,6 foizini 29 yoshdan 41 yoshgacha boʻlgan bemorlar tashkil etadi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid