platina.uz
Jamiyat

Andijonda fermer xoʻjaligiga tegishli yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Andijonda fermer xoʻjaligiga tegishli yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi
Andijonda fermer xoʻjaligiga tegishli yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishi departamenti matbuot xizmati xabar berdi. Departament hamda IIBning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.O. va B.U. Ulugʻnor tumanidagi “U.sh.” fermer xoʻjaligi rahbari bilan xoʻjalik yer maydonida sherikchilik asosida tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun muxr va boshqa hujjatlarini qoʻlga kiritib, fuqaro F.O.ga ushbu fermer xoʻjaligiga qarashli 4 gektar bogʻdorchilik yer maydonini rasmiylashtirib olib berish evaziga 148,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid