platina.uz
Jamiyat

2010 yilgacha berilgan haydovchilik guvohnomalari 31 martdan haqiqiyligini yoʻqotadi

2010 yilgacha berilgan haydovchilik guvohnomalari 31 martdan haqiqiyligini yoʻqotadi
Joriy yilning 31 martidan boshlab 2010 yilgacha berilgan haydovchilik guvohnomalari haqiqiyligini yoʻqotadi. Bu haqda OʻzA xabar berdi. Qayd etilishicha, hukumatning 2022 yil 12 apreldagi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan eski namunadagi barcha haydovchilik guvohnomalari va avtotransportlarning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha belgilandi: 2010 yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha; 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha; 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentabrgacha; 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha. Xabarda taʼkidlanishicha, yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb topiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid