platina.uz
Jamiyat

Samarqandda sugʻurta mablagʻlarini talon-toroj qilgan markaz boshligʻi aniqlandi

Samarqandda sugʻurta mablagʻlarini talon-toroj qilgan markaz boshligʻi aniqlandi
Samarqandda sugʻurta mablagʻlarini talon-toroj qilgan markaz boshligʻi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Departamentining Toyloq tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.s.” AJning Toyloq tuman sugʻurta markazi boshligʻi B.M. oʻziga ishonib topshirilgan jami 101,1 mln soʻm soʻmlik sugʻurta polisi pullarini kirim qilmasdan, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid