platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Tojikistondan qoʻshimcha elektr import qilishni boshladi

Oʻzbekiston Tojikistondan qoʻshimcha elektr import qilishni boshladi
Anomal sovuq davrida Surxondaryo viloyatida aholi va ijtimoiy soha obʼektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida qoʻshni Tojikiston Respublikasidan qoʻshimcha elektr energiyasi yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Hududiy elektr tarmoqlari» Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati xabar berdi. 18 yanvar kuni Shoʻrchi, Oltinsoy, Qumqoʻrgʻon, Jarqoʻrgʻon tumanlarining 70 foiz, Bandixon, Qiziriq, Sherobod tumanlarining 90 foiz va Boysun tumanidagi elektr energiya isteʼmolchilari Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari qatori Tojikiston Respublikasining “Regar-500” podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlari orqali kuchlanish bilan taʼminlandi. Viloyatimizning Termiz, Jarqoʻrgʻon tumanlarining 30 foizi, Muzrabot, Angor, Sherobod tumanlarining 10 foizi hamda Termiz shahrining elektr energiya isteʼmolchilari 196 MVt yuklama bilan Oʻzbekiston Respublikasi orqali kuchlanish bilan taʼminlanmoqda. Tojikiston Respublikasining “Regar-500” podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlarining har biridagi simning yuklamani koʻtarish qobiliyati 250 MVtga moʻljallangan boʻlib, L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlarining birortasi favqulotda oʻchib qolish holatlari yuz bergan vaqtlarda energosistemani saqlab qolish maqsadida Shoʻrchi, Oltinsoy, Qumqoʻrgʻon, Jarqoʻrgʻon, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Boysun, Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari boʻyicha Janubiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi dispetcherlarining topshirigʻi va Surxondaryo hududiy dispetcherlik boʻlimi dispetcherining farmoyishi bilan tumanlarning oʻzidan tasdiqlangan cheklash grafigiga asosan 6-10 kVli fiderlardan soatiga 70-80 MVt dan cheklash olib borish taqazo etiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid