platina.uz
Sport

Uzoq kutilgan kun! Bugun Ronaldu va Messi maydonda toʻqnash keladi

Uzoq kutilgan kun! Bugun Ronaldu va Messi maydonda toʻqnash keladi
Bugun "Pari Sen-Jermen" jamoasi Ar-Riyod yulduzlaridan iborat jamoaga qarshi maydonga tushadi. Shou sifatida tashkil etilayotgan oʻrtoqlik uchrashuvida parijliklar "Al-Nassr" hamda "Al-Hilol" klublarining yetakchi futbolchilaridan tuzilgan tarkib bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start olishi rejalashtirilgan. Riyodliklar tarkibida Krishtianu Ronaldu sardor sifatida jamoani maydonga boshlab tushadi. Avvalroq, bahs qaydnomasi eʼlon qilingandi. Ronaldu va Messi soʻnggi bor 2020 yilning 9 dekabrida toʻqnash kelgandi. Oʻshanda Krishtianu "Yuventus", Messi "Barselona" sharafini himoya qilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid