platina.uz
Jamiyat

Qarz sabab elektromobil "qulogʻini ushlab ketdi"

Qarz sabab elektromobil "qulogʻini ushlab ketdi"
Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi ish yurituvida fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 29.11.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor «F.E.M» MChJdan undiruvchi fuqaro B.Primov foydasiga 252.960.000 soʻm undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati yuzasidan 13.12.2022 yil kuni ijro ishi yurituvi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta inspektori Margʻuba Amonova maʼlum qildi. Majburiy ijro harakatlari jarayonida qarzdorga tegishli boʻlgan 12 turdagi turli xil avtotoransport vositalariga nisbatan taqiq qoʻyilgan va bir dona elektromobil avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. Xozirda avtotransport vositasini auksion savdolariga chiqarish choralari koʻrilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid