platina.uz
Jamiyat

Kutilmagan xushxabar: shifokorlar yurtimizda ilk bor siam egizaklarini ajratib olishdi

Kutilmagan xushxabar: shifokorlar yurtimizda ilk bor siam egizaklarini ajratib olishdi
Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya oʻquv-davolash-metodik markazida operatsiya natijasida ajratib olingan bolalar holidan xabar oldi. Vazir qirgʻizistonlik egizaklarning onasi va buvisi bilan suhbatlashib, oʻzbekistonlik mutaxassislar malakasiga ishonch bildirgani uchun ularga minnatdorlik soʻzlarini bildirdi. Oʻz navbatida, bolalarning buvisi Xatira Primova va onasi Zohida Mirzaakbarova ham vazirga hamda butun oʻzbek shifokorlariga oʻz tashakkurini aytdi: — Oʻsh shahridan keldik. U yerda homilamda muammo borligini aniqlashganda bizni Bishkekka yuborishgan. Tugʻuruqdan 10 kun oʻtgach, bolalarimning yashab qolish imkoni umuman yoʻqligi aytishib, uyga ruxsat berishdi, — dedi egizalklarning onasi. — Fotima-Zuhramning yashab ketishidan umid uzolmas edik. Shuning uchun Baxtiyor Ergashevga telefon orqali murojaat qildik. — Mana, tugʻilganida hech kim yashab ketishiga ishonmagan nabiralarim 7 oylik boʻldi. Bunga, avvalo, Allohning marhamati, soʻngra oʻzbekistonlik shifokorlarning mahorati sabab, — dedi bolajonlarning buvisi. — Oʻz kasbining haqiqiy fidoyilari boʻlgan, ishini vijdonan va halol bajarayotgan shifokorlarga rahmat aytaman. Vazir aytganidek, nabiralarim kelajakda shunday qoʻli yengil shifokor boʻlishini niyat qildik.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid