platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda soxta hujjatlar orqali 1,6 mlrd soʻm mikroqarzni oʻzlashtirgan firibgarlar aniqlandi

Jizzaxda soxta hujjatlar orqali 1,6 mlrd soʻm mikroqarzni oʻzlashtirgan firibgarlar aniqlandi
Jizzaxda 1,6 mlrd soʻm mikroqarzni oʻzlashtirgan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Departamentning Sharof Rashidov tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.A. va boshqalar “J.I.” MChJda ishlamagan 59 nafar fuqaro nomiga soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali bank muassasasidan jami 1,6 mlrd soʻm mikroqarz olishga erishib, ushbu mablagʻlarni firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid