platina.uz
Jamiyat

«Dok-1 Maks»dan oʻlgan bolalarning yaqinlariga kompensatsiya toʻlanishi mumkin

«Dok-1 Maks»dan oʻlgan bolalarning yaqinlariga kompensatsiya toʻlanishi mumkin
Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Dok-1 Maks» siropini ichish oqibatida vafot etgan bolalarning oʻlimi sababi tasdiqlansa, ularning oilalariga kompensatsiya toʻlab berilishi mumkin. Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Basitxanova maʼlum qtldt. 18 yanvar kuni boʻlib oʻtgan Xalqaro press-klub sessiyasida Sogʻliq saqlash vazirligi rasmiylaridan «Dok-1 Maks» dori vositalaridan vafot etgan bolalarning oila aʼzolariga kompensatsiya toʻlash masalasida izoh soʻradi. Basitxanovaning maʼlum qilishicha, ayni paytda har bir oʻlim holati oʻrganilmoqda. Agarda oʻlim bilan bogʻliq holatlar aniqlansa, ularga eʼtirozsiz barcha kompensatsiya toʻlanishi mumkinligi aytilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid