platina.uz
Jamiyat

Bishkekdan Istanbulga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qoʻndi

Bishkekdan Istanbulga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qoʻndi
Turkish Airlines aviakompaniyasining Bishkekdan Istanbulga uchgan samolyoti aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Toshkent xalqaro aeroportiga favqulodda qoʻndi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, qoʻnish hududida tuman tushib, koʻrish masofasi 800 metrni tashkil etgan. Shu sababli ekipaj aʼzolari muqobil aerodromga toʻxtashga qaror qilgan. Bortida 184 yoʻlovchi boʻlgan samolyot mahalliy vaqt bilan 09:42 da aeroportga qoʻndi. Ayni paytda samolyotning belgilangan manzilga parvozini amalga oshirish imkoniyati koʻrib chiqilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid