platina.uz
Jamiyat

Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Oʻnga koʻra, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida saylangan kuzatuv kengashi aʼzosi mazkur yigʻilish bayonnomasida qaysi aksiyadorning vakili ekanligi yoki kuzatuv kengashining qaysi aʼzosi mustaqil aʼzo ekanligi koʻrsatilishi kerak. Adliya vazirliginign xabariga koʻra, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida 1 nafar mustaqil aʼzo kiritiladi. Bunda mustaqil aʼzolikka nomzodlar jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tanlov asosida koʻrsatiladi. Bundan tashqari, agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa va bunda jamiyat direktorining yoki kollegial ijro etuvchi organining aybi isbotlansa, jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid