platina.uz
Jamiyat

Yurtimiz boʻyicha bir sutkada 23 nafar egizak dunyoga keldi

Yurtimiz boʻyicha bir sutkada 23 nafar egizak dunyoga keldi
Joriy yil 17 yanvar ertalabki soat 08:00 dan 18 yanvar 08:00 gacha Sogʻliqni saqlash vazirligida tashkil etilgan Shtabga quyidagi maʼlumotlar kelib tushdi. “103” xizmati: 2 770 ta tibbiyot brigadasi faoliyat koʻrsatdi. “Tez yordam”ga 33 427 ta chaqiriq kelib tushdi. Eng koʻp chaqiriqlar: Fargʻona viloyati — 4 032 ta, Toshkent shahri — 3 447 ta, Andijon viloyati — 3 379 ta, Toshkent viloyati — 3 327 ta, Surxondaryo viloyati — 3 145 ta. Shu vaqt davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallariga 2 942 ta murojaat kelib tushdi. Bemorlardan 877 nafari gospitalizatsiya qilindi. Sutka davomida jami 2 332 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan: 1 222 nafari — oʻgʻil; 1 110 nafari — qiz. Ushbu goʻdaklardan 23 nafari — egizak. Eng koʻp tugʻuruq qayd etilgan hududlar: Qashqadaryo viloyati — 264 nafar, Fargʻona viloyati — 261 nafar, Samarqand viloyati — 245 nafar, Namangan viloyati — 205 nafar, Surxondaryo viloyati — 205 nafar.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid