platina.uz
Jahon

Ukrainada vertolyot qulashi natijasida Ichki ishlar vaziri halok boʻldi

Ukrainada vertolyot qulashi natijasida Ichki ishlar vaziri halok boʻldi
Kiyev viloyatida yuz bergan vertolyot qulashi oqibatida Ukraina ichki ishlar vaziri, uning birinchi oʻrinbosari va davlat kotibi halok boʻldi. Hozirgacha 17 kishining, jumladan, ikki nafar bolaning vafot etgani maʼlum — vertolyot bolalar bogʻchasining oldiga qulagan. Ukrainaning Kiyev viloyati Brovari shahrida 18 yanvar tongida Davlat favqulodda vaziyatlar xizmatiga tegishli vertolyot quladi, deya maʼlum qildi Milliy politsiya rahbari Igor Klimenko. Aviafalokat oqibatida Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbariyati: vazir Denis Monastirskiy, uning birinchi oʻrinbosari Yevgeniy Yenin va davlat kotibi Yuriy Lubkovich halok boʻlgan. Hozirgacha 17 kishining halok boʻlgani maʼlum, qurbonlarning 9 nafari vertolyot bortida boʻlgan. Hodisa oqibatida ikki nafar bola ham vafot etgan — vertolyot bolalar bogʻchasi oldiga qulagan. 22 jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, ularning 10 nafari bolalar ekani aytilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid